Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida aviaaloqani tiklash muhokama qilindi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Eron Islom Respublikasi elchisi Bahman Og‘oroziy Dormani bilan uchrashdi.
Tomonlar 2018 yilda o‘zbek-eron muloqotiga yakun yasashdi va 2019 yilda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi bo‘yicha fikrlar almashishdi.
“Toshkent va Tehron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqani tiklash bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari, tovarlarni o‘zaro yetkazish nomenklaturasini kengaytirish va ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi”, deyilgan xabarda.
Tomonlar, shuningdek, Tehronda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklarining siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundini o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqishgan.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
20:05 / 10.06.2026
Ko‘rinmas front: Isroil va Eronning kiber urushi
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
12:12 / 09.06.2026