Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston sobiq bosh vaziri Hikmatyor prezidentlikka nomzodini qo‘ydi
Foto: AP Photo
Afg‘oniston sobiq bosh vaziri, Islom partiyasi yetakchisi Gulbiddin Hikmatyor 2019 yildagi prezident saylovida ishtirok etish uchun o‘z nomzodini qo‘ydi.
Afg‘onistonda prezident saylovi 20 iyulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Nomzodlarni ro‘yxatga olish 20 yanvar kuni nihoyasiga yetadi.
Afg‘oniston Islom partiyasi 1976 yilda Hikmatyor tomonidan tashkil etilgan va pushtunlar manfaatlarini himoya qiladi. Hikmatyor prezidentlikka mustaqil nomzod sifatida da'vogarlik qilishini bildirgan.
Ma'lum qilinishicha, Hikmatyor ro‘yxatga olingan o‘ninchi nomzod bo‘lgan. Prezidentlik uchun kurashga "Afg‘oniston milliy kongressi" partiyasi rahbari Latif Pedram, Afg‘oniston Xalq-demokratik partiyasining sobiq faoli Muhammad Hakim Torsun, sobiq tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul, sobiq ichki ishlar vaziri Nur Ul Haq Ulyumi, Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar va Masud fondi rahbari Ahmad Vali Masud kirishishgan.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026