Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya yangi raketani sinovdan o‘tkazganini bildirdi
Rossiya o‘tgan yilning dekabrida PL-19 Nudol sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib CNBC xabar berdi.
Telekanal suhbatdoshining aytishicha, 23 dekabr kuni o‘tkazilgan sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi tizim sinovi yettinchisi bo‘lgan. Qayd etilishicha, 2018 yilda PL-19 Nudol ikki marta sinovdan o‘tkazilgan. Manba raketa uch ming kilometr masofani 17 daqiqa ichida bosib o‘tgani va nishonga aniq tekkanini aytgan.
Ikkinchi suhbatdosh esa raketalardan Yerning quyi orbitasidagi aloqa sun'iy yo‘ldoshlariga qarshi foydalanish rejalashtirilayotganini ma'lum qilgan.
Avvalroq AQSh Rossiya 2015 yildan buyon kemalarga qarshi gipertovushli qanotli «Tsirkon» raketasini besh marta muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026