O‘zbekiston | 10:49 / 21.01.2019
10963
5 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi ma'lum qilindi

2018 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 47260,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,9%ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, jami qurilish ishlari hajmidan yirik pudrat tashkilotlari tomonidan 15802,4 mlrd.so‘m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 33,4%ni, hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,5%ni tashkil etdi. 

Kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga jami qurilish ishlari qurilish ishlari hajmining 39,2%i yoki 18536,1 mlrd. so‘m to‘g‘ri keldi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,2%ni tashkil etdi, norasmiy sektor hissasiga esa 27,4% yoki 12922,2 mlrd. so‘m to‘g‘ri keldi hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,5%ni tashkil etdi. 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining asosiy qismi qurilish loyihalarini ishlab chiqish, turar joy va yashash uchun mo‘ljallangan binolar qurish hamda yashash uchun mo‘ljallanmagan binolarni qurish bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish ishlaridan tashkil topdi. Ularning ulushi jami qurilish ishlari hajmida 78,2%ni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,1% punktga ko‘paydi.

Fuqarolik qurilishi obektlarini qurish bo‘yicha qurilish ishlari hajmi joriy davrda 11,1%ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,8% punktga kamaydi.

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hissasiga esa 10,7% to‘g‘ri keldi va o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,3% punktga kamaydi.

Binolar va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi ulushi 31,8%ni tashkil etib, o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,8% punktga ko‘paydi. 

Mos ravishda, kichik tashkilotlar va mikrofirmalar ulushi 33,9% (0,9% punktga ko‘payish) va norasmiy sektorning ulushi 34,3%ni (1,7% punktga kamayish) tashkil etdi.

Fuqarolik qurilishi obektlarini qurish ishlari bo‘yicha yirik pudrat tashkilotlarining ulushi 51,7 %ni tashkil etdi va o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,2% punktga ko‘paydi. Shuningdek, kichik tashkilotlar va mikrofirmalar ulushi mos ravishda 43,9% (0,4% punktga kamayish) va norasmiy sektorning ulushi 4,4%ni (0,2% punktga ko‘payish) tashkil etdi. 

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 7,3% punktga kamaydi va 26,9%ni tashkil etdi. Qolgan 73,1% kichik tashkilotlar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 7,3% punktga ko‘paydi.

Joriy davrda jami qurilish ishlarining katta qismi kichik tashkilotlar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ular tomonida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 18536,1 mlrd. so‘mni (jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 39,2%) tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2%ga ko‘paydi.

Yirik qurilish pudrat tashkilotlari tomonidan 15802,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 33,4%ni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,5%ni tashkil etdi.

Norasmiy sektor hissasiga jami qurilish ishlarining 27,4%i yoki 12922,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,5%ni tashkil etdi.

Yirik pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining hududlar bo‘yicha tarkibida Navoiy viloyati (hududdagi qurilish hajmining 29,3%ini tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,0 marta qurilish ishlari ko‘p bajarilgan), Toshkent shahri (mos ravishda, 28,0% va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,7%ni tashkil etdi) va Toshkent viloyati (mos ravishda, 25,6% va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 131,9%ni tashkil etdi) yetakchilik qilmoqda.

Yirik pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng kam ulushi Samarqand viloyatida (hududdagi qurilish hajmining 1,7%ini tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34,7%ni tashkil etdi), Andijon viloyatida (mos ravishda, 3,6% va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 84,0%ni) va Sirdaryo viloyatida (mos ravishda, 7,5% va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 76,4%ni tashkil etdi) kuzatildi.

Mavzuga oid