Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida jami 6 million 565 ming 410 nafar çet el fuqarosi turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurgan.

Bu körsatkiç 2025 yilning mos davriga nisbatan 1 million 300 ming nafarga yoki 24,9 foizga oşgan.

Statistikaga köra, Özbekistonga eng köp turist quyidagi davlatlardan kelgan:

  • Qirğiziston — 1 875 332 nafar;

  • Qozoğiston — 1 553 688 nafar;

  • Tojikiston — 1 471 670 nafar;

  • Rossiya — 585 558 nafar;

  • Afğoniston — 238 925 nafar;

  • Xitoy — 223 479 nafar;

  • Turkmaniston — 164 211 nafar;

  • Turkiya — 95 466 nafar;

  • Hindiston — 26 450 nafar;

  • Germaniya — 22 294 nafar.

Ma’lumotlardan körinişiça, Özbekistonga taşrif buyurayotgan turistlarning asosiy qismini qöşni davlatlar fuqarolari taşkil etmoqda. Şu bilan birga, Xitoy, Turkiya, Hindiston va Germaniya kabi mamlakatlardan keluvçi sayyohlar oqimi ham saqlanib qolmoqda.