Xalq ta'limi vazirligi keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan qaror loyihasi yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Xalq ta'limi tizimidagi ommaviy axborot vositalari rolini yanada oshirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi va muhokama uchun omma e'tiboriga havola etilgandi.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, hujjat e'lon qilinganidan so‘ng bir necha nashrlarda, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qaror loyihasiga qarshi tanqidiy maqolalar chop etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi ushbu hujjat bo‘yicha o‘z izohini taqdim etdi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bosma nashrlarga qarshi emas, ammo xalq ta'limi tizimida majburiy obunaga yo‘l qo‘yilmasligini ta'kidlaydi. Barcha bosma nashrlar xalq ta'limi tizimi xodimlari orasida targ‘ibot ishlarini olib borgan holda ixtiyoriy obunani tashkil etishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi pedagoglar nashrlarni mutolaa qilgan holda o‘z malakalari va bilimlarini oshirib borishlari tarafdori.
2. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimida “Boshlang‘ich ta'lim” jurnali tahririyati”, “Til va adabiyot ta'limi”, “Prepodavaniye yazyka i literatury”, “Language and literature teaching” jurnallari tahririyati”, “Xalq ta'limi” jurnali tahririyati, “Ma'rifat” va “Uchitel Uzbekistana” gazetalari tahririyati Davlat korxonasi, “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati Davlat korxonasi, “Klass” gazetasi tahririyati Davlat korxonasi, “G‘uncha” jurnali tahririyati Davlat korxonasi va “Gulxan” jurnali tahririyati Davlat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning barchasi davlat korxonasi bo‘lib, yagona davlat unitar korxonasiga birlashtirilishi yuridik jihatdan hech qanday o‘zgarishga olib kelmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi yuqorida nomi keltirilgan barcha nashrlarda asosiy ta'sischidir. Shu paytgacha, vazirlik mamlakatimiz qonunlari doirasida faoliyat yuritib, tahririyat siyosatiga aralashmagan va senzuraga yo‘l qo‘ymagan. Bundan keyin ham O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi mazkur nashrlar bilan mamlakatimiz qonunlari doirasida ish olib boradi va senzuraga yo‘l qo‘ymaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi yuqorida keltirilgan tashkilotlarning asosiy ta'sischisi ekanligini hisobga olsak, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari doirasida ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatlarini tekshirib turishga haqlidir.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining yangi jamoasi tayinlanganidan beri, vazirlik o‘z muassisligidagi tahririyat xodimlarining oyliklarini oshirish yoki ularga mukofot berish masalalariga aralashmagan. Tahririyatlar o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda, bu masalalarni mustaqil belgilaydilar.
6. “Xalq ta'limi tizimidagi ommaviy axborot vositalari rolini yanada oshirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqishdan asosiy maqsad, tahririyatlar faoliyatiga samarali menejment va marketing tizimlarini joriy etish orqali ularning obuna va reklamaga jalb etish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirishdan iborat. Shundagina nashrlarning faoliyati yagona moliyaviy-xo‘jalik boshqaruvi, ta'minoti va buxgalteriya tizimiga o‘tishi hisobiga boshqaruv va noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga erishiladi. Moliyaviy resurslarni birlashtirish evaziga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda boshqa rivojlanish loyihalarini moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
20:17 / 05.11.2024
Ma’rifiy faoliyat bilan ruxsatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
16:29 / 21.10.2024
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
18:35 / 03.10.2024