Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimidagi ommaviy axborot vositalari rolini yanada oşiriş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi va Oliy va örta maxsus ta'lim vazirliklari va Özbekiston Matbuot va axborot agentligining Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi «Boşlanğiç ta'lim» jurnali tahririyati» Davlat korxonasi, «Til va adabiyot ta'limi», «Prepodavaniye yazyka i literatury», «Language and literature teaching» jurnallari tahririyati» Davlat korxonasi, «Xalq ta'limi» jurnali tahririyati» Davlat korxonasi, «Ma'rifat» va «Uçitel Uzbekistana» gazetalari tahririyati» Davlat korxonasi, «Tong yulduzi» gazetasi tahririyati Davlat korxonasi, «Klass» gazetasi tahririyati Davlat korxonasi, «Ğunça» jurnali tahririyati Davlat korxonasi va «Gulxan» jurnali tahririyati Davlat korxonasi bazasida yagona yuridik şaxs şaklida «Xalq ta'limi naşriyotlari» davlat unitar korxonasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
«Xalq ta'limi naşriyotlari» DUKning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
davlat korxonalari korporativ boşqaruvining zamonaviy tamoyillari asosida, şu jumladan, samarali menejment va marketing tizimlarini joriy etiş orqali öz faoliyatini taşkil etiş;
moliyaviy resurslarni birlaştiriş evaziga Tahririyatlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ular faoliyati samaradorligini oşiriş va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş, ularni yanada rivojlantirişga yönaltirilgan boşqa loyihalarini moliyalaştiriş;
joylarda öz naşrlariga obuna qiliş işlarini taşkil etiş;
Tahririyatlar xodimlarini moddiy rağbatlantirişning samarali tizimini joriy etiş, sohaga malakali, zamonaviy fikrlaşga ega bölgan, naşrlar öquvçilari uçun dolzarb materiallarni doimiy ravişda ta'minlay oladigan kadrlarni jalb etiş va ularni qöllab-quvvatlaş tizimini yaratiş;
öz naşrlarida çop etiladigan materiallarning mazmuni va sifatini yaxşilaş hamda internet tizimida faolligini oşiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş.
Belgilab qöyilişiça:
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi «Xalq ta'limi naşriyotlari» DUKning yagona muassisi hisoblanadi;












