Jahon | 20:12 / 23.01.2019
5692
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada qasddan sodir etilgan qotilliklar bo‘yicha antirekord o‘rnatildi

Foto: Reuters

2018 yil yakunlariga ko‘ra Meksikada hukumatga qarshi va hududlarni nazorat qilish uchun o‘zaro jang qiluvchi narkokartellar qasddan sodir etilgan qotilliklar bo‘yicha yangi antirekord o‘rnatilishiga asosiy sabab bo‘ldi. Bunday ma'lumotlar Meksikaning jamoat xavfsizligi milliy tizimi ijroiya kotibiyati dokladida keltirilgan. 

Ta'kidlanishicha, mamlakatda yil davomida 33341  kishi o‘ldirilgan, bu esa bunday statistik tadqiqotlar olib borilayotgan butun davr ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 2017 yilda mamlakatda 28866 qotillik qayd etilgandi.       

23 mingdan ko‘proq qotillik o‘qotar qurol qo‘llash bilan amalga oshirilgan. Bunday qotilliklar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni Guanaxuato shtati egallagan. Barcha qotilliklarning 32 foizi Mexiko, Gerrero, Guanaxuato va Chiuaua shtatlarida sodir etilgan.

Shu bilan birga mamlakatda o‘ldirilgan ayollar (861 nafar) va jurnalistlar (9 nafar) soni oshmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid