Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzcard: Firibgarlik oqibatida jabrlanganlar qayd etilmadi
Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan ro‘yxatga olingan kiberjinoyatdan jabrlanganlar qayd etilmadi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Hozirda kompaniyamizning «Axborot xavfsizligi» bo‘limi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, ehtiyoj sezilsa, ushbu holat tergov ishi ochilishi uchun huquq tartibot organlariga taqdim etiladi», – deyiladi markaz xabarida.
Ma'lum qilinishicha, ro‘yxatga olinadigan qalloblik holatlari ushbu bo‘lim tomonidan aniqlanadi hamda qayd etiladi. Ushbu bo‘lim xodimlarining vazifasi respublikada faoliyat olib borayotgan to‘lov tizimlari Uzcard plastik kartalariga tegishli barcha tranzaksiya va operatsiyalarning xavfsiz o‘tkazishni nazorat qilish hamda nuqsonlarni aniqlashdan iborat.
Ma'lumot uchun, Yagona umumrespublika protsessing markazi bugungi kunga kelib, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 29 ta bank va 43 ta mobil to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026