O‘zbekiston | 09:17 / 24.01.2019
12478
2 daqiqa o‘qiladi

Dorilarni retsepsiz sotganlar jarimaga tortilishi mumkin

Foto: Pinterest

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasi yettinchi qismiga tegishli tuzatishlarni kiritish taklif qilinmoqda, deb yozadi Norma.

Ushbu norma dispozitsiyasiga yana ikkita huquqbuzarlikni kiritish taklif qilinmoqda:

• retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalarini bemorga retsept rasmiylashtirmay tayinlaganlik;
• retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalarini dorixonalarda retsepsiz sotganlik.
 
Tegishincha, bu fuqarolarga – EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
 
Eslatib o‘tamiz, Retsepsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati mavjud. Ro‘yxat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har yili yangilab boriladi. Ayni paytda unda 188 ta monopreparat va 1085 ta majmuaviy preparat bor. Ushbu ro‘yxatda qayd etilmagan barcha dori vositalarini dorixonalar faqat retsept (farmatsevtika sohasida ma'lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dorivor preparatni tayyorlash va (yoki) berish hamda uni qo‘llash usuli haqida shifokor bergan yozma ko‘rsatma) bo‘yicha sotishlari kerak.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Mavzuga oid