Jamiyat | 13:57 / 24.01.2019
7927
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida “Qizil Chiroq!” tadbiri o‘tkazildi 

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXX matbuot guruhi

Toshkent viloyatida navbatdagi “Qizil Chiroq!” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida bekatlar, avtoturargohlar, va transport vositalari mavjud bo‘lgan korxona, tashkilotlar hamda mahallalarda svetofor ishorasiga bo‘ysunmaslik oqibatida sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalari, ularning oqibatlari to‘g‘risida targ‘ibot suhbatlari tashkil etildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati IIB YHXX matbuot guruhi xabariga ko‘ra, “Qizil Chiroq!” tadbiri kuni davomida YPX inspektorlari tomonidan MJtKning 128-4-moddasi ya'ni, “Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tish” ma'muriy huquqbuzarligini sodir etgan 270 nafar haydovchi aniqlanib, ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ushbu rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnomalarning 61 tasi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga ko‘rib chiqish uchun jo‘natildi.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXX matbuot guruhi
Foto: Toshkent viloyati IIB YHXX matbuot guruhi

Toshkent viloyatida ro‘yxatda turuvchi qolgan haydovchilarga esa MJtKning 128-4-moddasi, 1-qismiga asosan 206 haydovchiga eng kam oylik ish haqining ikki barobari va MJtKning 128-4-moddasi, 2-qismiga ko‘ra 3 haydovchiga eng kam ish haqining 5 barobarida jarimalar belgilanib, jami 86 million 565 ming 710 so‘m miqdorda jarimalar undirish choralari ko‘rilmoqda.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXX matbuot guruhi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid