Jamiyat | 14:21 / 25.01.2019
20082
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura: Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi mutaxassisi ushlandi

Illyustrativ foto

Departamentning Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Jarqo‘rg‘on tuman filiali mutaxassisi S.X. fuqaro U.X.dan uning otasiga tegishli 22 sotix yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 3,6 mln. so‘m pullarni xizmat xonasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid