Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligining birinchi harbiy institutida Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi
Milliy va xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi innovatsion loyihalarni keyinchalik ularni sinovdan o‘tkazish va Harbiy institut o‘quv jarayoniga hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari qo‘shinlari faoliyatiga tatbiq etish yo‘li bilan amalga oshirish;
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining o‘quv-ilmiy va innovatsion faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida oliy ta'lim muassasalari, ilmiy, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari hamda xorijiy sheriklar bilan ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
kelgusida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida joriy etish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya jihozlarini ishlab chiqarish uchun texnik vazifalarni yaratish.
O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi Mudofaa vazirligiga Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini yuqori malakali, amaliy ishlar tajribasiga ega va ilmiy-tadqiqotlar faoliyatiga moyilligi bo‘lgan kadrlar bilan to‘ldirishda ko‘maklashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan harbiy institut bitiruvchilariga harbiy unvon berilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
08:28 / 24.04.2026
Reyting: dunyodagi eng yirik 15 ta mudofaa budjeti
15:44 / 19.03.2026
Ukraina va Ispaniya mudofaa sohasida yangi kelishuvlar imzoladi
13:22 / 10.03.2026