Şavkat Mirziyoyev öz çiqişlarida hanuzgaça köplab amaldorlar eskiça fikrlayotgani va Özbekistonda muayayn islohotlar amalga oşirilişini istaşmasligi haqida köp ta'kidlab ötgan.

«Islohotlar albatta eskiça yaşaş, eskiça işlaşga örganib qolgan ayrim mansabdorlarga yoqmaydi. Buniyam oçiq aytişimiz kerak. Çunki özgariş, yangilaniş ularning tinçi va oromini, huzur-halovatini buzadi. Lekin hayot davom etar ekan, hayot talabi bölgan islohotlar ham izçil davom etişi muqarrar. Bu haqiqatni va talabni barça darajadagi rahbarlar çuqur anglab olişlari zarur», — degan edi prezident 2018 yilning 7 dekabrida.

Umuman olganda, prezident haq. E'tibor bering, atrofda şov-şuv köp, lekin özgarişlar kam. Mavzuning dolzarbligidan kelib çiqib, turli sohalarda faoliyat körsatayotgan ekspertlar va mutaxassislarga murojaat qildik.

Ular «eskiça fikrlaş» borasidagi öz mulohazalari bilan örtoqlaşişdi.

Sayyora Xöjayeva, Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Maslahat Kengaşi a'zosi:

— Fojia şundaki, amaldorlarga eskiça, ya'ni özgarişlarsiz işlaş juda qulay. Axir özgariş va iliqlaşuv — bu ortodokslarni (mustahkam e'tiqodlilar – tahr.) çöçituvçi yangilik. Bunday holat yoş tanlamaydi, u katta yoşdagi avlod uçun ham, yoş avlodning ayrim qismi uçun bir xil ta'sir kuçiga ega.

Axir har qanday yangilik — mavhum narsa va u çöçitadi.

Faqatgina yuragida öti bor va öz vatanini sevuvçilargina har qanday syurprizlardan çöçimasdan jangga kirişişga, oldinga intilişga qodir. Mazkur satrlar muallifi ham ana şundaylardan biri. Bundaylar derazalarni oçib, içkariga toza havo kiritib, öz uyini tozalaydigan inson singaridir.

Prezident atrofidagilardan ayrimlar unga pand berib qöyayotgani juda taassufli... Ular prezidentga pand bera turib, ajoyib mamlakatimizga nisbatan salbiy munosabat şakllantirişayotgani haqida öylab ham körişmaydi. Axir prezident — bu vatanning yuzi. Inglizlarda qirolni mulozimlar şakllantiradi, degan gap bor. Davlat rahbari yonidagi mulozimlarga Xudo insof berişini sörayman.

Yuliy Yusupov, Iqtisodiy yuksalişga kömaklaşiş markazi direktori:

Men eskiça fikrlaş deganda quyidagilarni tuşunaman: