Özbekiston hukumati elekromobillar importini keskin qimmatlaştirişga qaror qildi. Iqtisodçi Otabek Bakirov bu qarorni tor doiralar manfaati yölida “butun mamlakatning strategik tanlovi va imijini söroq ostiga qöyiş”, deb baholadi. Boşqa bir iqtisodçi Yuliy Yusupovning fikriça, “ulkan byurokratik maxluq Özbekiston iqtisodiyotini yutib yuborişda davom etyapti”.

Vazirlar Mahkamasi 2025 yil 1 maydan boşlab import qilinadigan elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimini 2,3 barobardan 4 barobargaça oşirişga qaror qildi. Yangi yiğim transport vositasi işlab çiqarilgan yilga qarab 45 mln sömdan 78,5 mln sömgaça böladi.

Jamoatçilik muhokamasiga qöyilmay qabul qilib yuborilgan bu qaror faollar orasida keskin e’tirozlarga sabab bölyapti.

“Bu – BYD Uzbekistan uçun navbatdagi sovğa”

Iqtisodçi Otabek Bakirovning ta’kidlaşiça, utilizatsiya yiğimlarining 4 karra oşirilişi Özbekistonga elektromobil olib kelib sotuvçi BYD Uzbekistan manfaatlariga işlaydi.

“BYD Uzbekistan Factory va BYD Central Asia maxsus imtiyozga ega, ular elektromobillar sotuvida utilizatsiya yiğimidan ozod qilingan. Yana bir çayqovçi monopolist UzAuto Motors ham yaşirin qarorlar bilan utilizatsiya yiğimini tölamasligini köpçilik bilsa kerak.

JSTga kiriş e’lon qilingan va jarayon eng yuqori siyosiy darajada faollaştirilgan bir vaqtda ğirt ikkiyuzlamaçi qadam. Qanaqadir tor tödalar uçun butun bir mamlakatning strategik tanlovi va imijini söroq ostiga qöyiş bu”, – deya yozdi iqtisodçi.

“Ulkan byurokratik maxluq iqtisodiyotimizni yutib yuborişda davom etyapti”

Iqtisodçi Yuliy Yusupovning fikriça, oldin rasmiylar raqobatni böğiş, iqtisodiyotga davlat aralaşuvini kengaytiriş böyiça haftada bir marta taşabbus bilan çiqişgan bölişsa, endi bu borada “har kunlik rejimga ötib olişgan”.

“Yaşil texnologiyalardan foydalanişni “kengaytiriş” maqsadida elektr transport vositalariga soliqni oşiriş, Toşkent doimiy ravişda dunyoning eng iflos şaharlari röyxatidan örin olayotganini hisobga olsak, kuçli bayonot bölişi şubhasiz. Şunçaki, super”, – deydi Yusupov.