O‘zbekiston | 16:15 / 28.01.2019
8633
1 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda nimalarni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda?

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Mahalliy tashkilotlar uchun 2019 yilda o‘zlashtirish uchun tavsiya qilinadigan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ro‘yxatini e'lon qildi.

Turli darajada mahalliylashtiriladigan (36%dan 100%gacha) 477 ta pozitsiyadan iborat ro‘yxat bilan Excel va Word formatlarida tanishib chiqish mumkin.

Norma’ning yozishicha, ilgari Mahalliylashtirish dasturi doirasida loyihalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanar edilar, biroq ular 2018 yil 1 apreldan boshlab, shu jumladan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha bekor qilindi.

Mavzuga oid