Vazirlar Mahkamasi qarori bilan jismoniy şaxslar tomonidan yarim erkin şaroitlarda, sun’iy yaratilgan yaşaş muhitida yoki tutqunlikda saqlanişi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar röyxati hamda uşbu röyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik şaxslar tomonidan saqlaş tartibi tasdiqlandi.

2025 yil 1 yanvardan boşlab quyidagilar taqiqlanadi:

  • jismoniy şaxslar tomonidan röyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin şaroitlarda, sun’iy yaratilgan yaşaş joylarida yoki tutqunlikda saqlaş;
  • davlat va köçma sirklarda (şapito) yovvoyi hayvonlarni saqlaş va ulardan sirk tomoşalari uçun foydalaniş.
  • Röyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik şaxslar tomonidan taşkil etilgan hayvonot boğlarida va (yoki) pitomniklarda saqlanişi mumkin.

Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar maxsus pitomniklarda qonun hujjatlariga muvofiq saqlanadi.