O‘zbekiston | 13:01 / 28.01.2019
2335
2 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoq tumanida elektr tarmoqlari va transformator punktlari rekonstruksiya qilinib, yangidan quriladi

2019 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida 14,1 km. elektr tarmoqlari va 6 ta transformator punkti rekonstruksiya qilinishi va yangidan qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 2019-2020 yil kuz-qish mavsumiga elektr qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha 48,4 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 20 dona transformator punkti mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Xabarda qayd etilishicha, besh yil davomida Mo‘ynoq tumanida 22,5 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari, 17 dona transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan bo‘lib, buning uchun 2,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Mo‘ynoq tumanida o‘tgan yilda 10,4 km elektr uzatish tarmoqlari va 3 ta transformator punkti rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi. Natijada, Uchsoy, Do‘stlik, Talliuzak va Tikuzak mahallalaridagi iste'molchilarning elektr ta'minoti yaxshilandi. 

Bundan tashqari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha 43,8 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 19 dona transformator punkti mukammal ta'mirlandi. Amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq 20 ta mahalladagi 3 600 dan ortiq aholi xonadonlari, joylardagi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub'yektlari va ijtimoiy soha obektlarining elektr ta'minoti barqarorlashdi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid