Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi tadbirkorlikka ko‘makchi
«Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazi» Davlat korxonasi «O‘zstandart» agentligining hududiy bo‘linmasi hisoblanadi. Markaz Toshkent viloyatining Olmaliq, Ohangaron, Angren va Nurafshon shaharlari hamda Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Piskent tumanlariga standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Agentlik tizimida va standartlashtirish sohasida olib borilayotgan islohotlar doirasida markaz hodimlari ham tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar bilan yelkama-yelka ish olib bormoqdalar. Markazda mahsulotlar va menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi, metrologiya bo‘limi hamda sinov kompleksi faoliyat ko‘rsatmoqda.


Bugungi kunda sohada olib borilayotgan islohotlarning negizida yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha aholiga va tadbirkorlik sub'yektlariga qulayliklar yaratish yotadi.


Sohani rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan islohotlarning, shubhasiz eng ahamiyatlisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4059-son Qarorining qabul qilinishidir. Mazkur qaror agentlik tizimini isloh qilish bilan birga, tadbirkorlarga ham bir qator imtiyozlarni o‘z ichiga olgan.
Ushbu qarorda tadbirkorlarga 2019 yil 1 yanvardan quyidagi imtiyozlar berilgan:
– Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) to‘laqonli a'zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilganda, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p miqdorda bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlari (erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bundan mustasno) o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ixtisoslashgan va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat, xomashyo materiallar va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinadi;
– Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan o‘lchash vositalariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etmagan holda, uni bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida o‘rnatilgan tartibda olish sharti bilan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi (ikki oy davomida o‘lchash vositalarini sertifikatlashtirish amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan kafolat xati taqdim etilishi sharti bilan);
– Milliy o‘lchash etalonlari va milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvni (CIPM MRA) imzolagan mamlakatlarning Milliy metrologiya organlari tomonidan rasmiylashtirilgan amaldagi kalibrlash (yoki tekshirish) sertifikatlari taqdim etilganda, o‘z ehtiyojlari uchun texnologik jarayonlarda foydalaniladigan import bo‘yicha olib kiriladigan o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyalash (turini tasdiqlash) soddalashtirilgan tartibda, bir kun muddatda tan olish tartibotlari yo‘li bilan amalga oshiriladi.
– Sifat menejmenti tizimlarini joriy etgan va milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalardan foydalanadigan tadbirkorlik sub'yektlariga, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash huquqi beriladi.
Berilgan imtiyozlar tadbirkorlar uchun bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda ortiqcha ovoragarchilikning oldini oladi hamda sezilarli vaqt va mablag‘ tejalishiga imkon beradi.


«Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazi» Davlat korxonasi mutaxassislari ushbu qaror va unda berilgan imtiyozlar bilan tadbirkorlarni doimiy ravishda tanishtirish bilan birga, ularning sohadagi muammolarini hal etishda ham ishtirok etishmoqda.

Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
14:34 / 16.03.2026