09:21 / 28.01.2019
8599

Toshkent viloyatidagi qog‘oz qabul qilish punktida yong‘in: bir kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

2019 yil 26 yanvar kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Birlik mahallasida joylashgan “Qog‘oz va yelim idishlar qabul qilish” punkti qorovulxonasida elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada shu yerda bo‘lgan ushbu punktning qorovuli A.Q. kuyish jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

Top