Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelalik harbiylar AQShga qarshi marsh o‘tkazishdi
Foto: REUTERS/Miraflores Palace
Venesuelalik harbiylar AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan bosim ortida o‘z matonatlarini namoyish qilish uchun marsh o‘tkazishdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi Twitter`da ma'lum qildi.
“Bugun, 28 yanvarda, shavkatli qurolli kuchlarimiz erkak va ayollari Amerika imperializmi tomonidan to‘xtamayotgan hujumlar oldida yuqori ma'naviy ruhni namoyish qilishdi”, deb aytilgan xabarda.
Xabarda ta'kidlanishicha, harbiylarning burchi Venesuelani himoya qilishdir.
Xabarga yuzdan ko‘proq harbiylar kolonna bo‘lib ko‘chadan yurayotganlari videosi ilova qilingan. Ularga mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes boshchilik qilgan.
Mavzuga oid
09:01
AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha 3 mln sahifadan ortiq materialni e’lon qildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
16:08 / 30.01.2026