Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya cho‘chqa grippidan himoyalanish uchun Germaniya bilan chegarada devor qurmoqda
Daniya Germaniya bilan chegarada 42 mil (70 km) uzunlikdagi devor qurishni boshladi. Panjara-devor AQShdagi kabi muhojirlardan emas, qobonlardan himoya uchun ko‘tarilmoqda.
Devor ko‘tarilishiga sabab sifatida Germaniya tomonidan Daniya fermalariga Afrika cho‘chqa grippi virusi o‘tib ketishining oldini olish ko‘rsatilmoqda. Daniyaliklar devor qurishni dushanba kuni Germaniyaning shimoliy hududi Shlezvig-Golshteyndan boshlagan.
Ushbu kasallik bungacha Daniya va Germaniyada kuzatilmagandi. Virus asosan Sharqiy Yevropa davlatlari va o‘tgan kuzda Belgiyada qayd etilgandi.
Devor 1,5 metr balandlikda quriladi va unga elektr toki o‘tkaziladi. Panjarali devor bilan yaylovlar, ochiq yerlar, o‘rmonlar to‘siladi. Transport yo‘llari esa ochiq qoladi.
Germaniya tomoni esa devorning foyda berishiga ishonmayapti, chunki tadqiqotlarga ko‘ra AChG virusi ko‘p hollarda zararlangan mehnat qurollari, buyumlar yoki aynigan ozuqa oqibatida yuqadi. Tabiatshunoslar esa devor hududdagi boshqa jonivorlarning hayoti, ozuqa zanjiri tizimiga ham ta'sir qiladi.
Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
21:26 / 14.02.2026
Daniya bosh vaziri Grenlandiyaning narxini aytishdan bosh tortdi
17:08 / 02.02.2026