Jahon | 17:06 / 29.01.2019
4971
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu Eronni Isroilga har kuni kiberhujum uyushtirishda aybladi

Foto: AFP 2019 / Jack Guez

Eron kunlik asosda Isroilga kiberhujumlar uyushtirmoqda. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ana shunday bayonot bilan chiqdi.

"Eron kunlik asosda Isroilga kiberhujumlar uyushtirmoqda. Biz bu hujumlarni kuzatib turibmiz. Kiberhujumlarni har safar qaytarmoqdamiz", dedi bosh vazir.

"Eron biz uchun boshqa ko‘plab sohalarda ham tahdid soladi. Keyingi 24 soat ichida Erondan bizni yo‘q qilib tashlash, shaharlarimizga raketa zarbalari berishi haqidagi tahdidlarni eshitdik. Biz bu tahdidlarni yodda tutamiz, ammo ular bizda xavotir uyg‘otmaydi. Chunki biz himoyada ham, hujumda ham qanday kuchga ega ekanligimizni bilamiz", deb qo‘shib qo‘ygan Netanyaxu.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid