Jahon | 13:36 / 29.01.2019
14682
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya milliardlab dollarlik noqonuniy savdo bilan shug‘ullanishi aytildi

Foto: Yevgeniy Pavlenko / «Kommersant'»

Rossiya kompaniyalarining xorijiy kontragentlar bilan noqonuniy operatsiyalari hajmi yiliga 45 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin. Bundan Global Financial Integrity (GFI) xalqaro nodavlat tashkiloti hisoboti darak bermoqda, unga RBK e'tibor qaratdi.

Tadqiqot mualliflari 2015 yil ma'lumotlarini asos qilib olishgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘shanda Rossiyaga pul mablag‘larining noqonuniy kirib kelishi 24,6 milliard dollar, chiqib ketishi - 20,4 milliard dollarni tashkil etgan.

Ko‘rsatilgan miqdorlar transchegaraviy operatsiyalarda rossiyalik importchilar va eksportchilar hisobvaraqlaridagi ma'lumotlar soxtalashtirilganligi hisobidan olingan. Bunday hiylalarning asosiy maqsadi - import bojlarini sun'iy ravishda kamaytirish, noqonuniy ravishda olingan daromadlarni legallashtirish yoki kapitalni valuta nazoratini chetlab o‘tgan holda xorijga olib chiqib ketish.

GFI reytingida Rossiya Xitoy (376,4 milliard dollar), Meksika (67 milliard) va Polshadan (47,2 milliard) keyin noqonuniy operatsiyalar hajmi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.

Mavzuga oid