Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda erkak kishining jasadi topildi. Unga turmush o‘rtog‘i jarohat yetkazgani aniqlandi
2019 yil 27 yanvar kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan E.O‘.ning yuz qismida tan jarohatlari bilan jasadi topilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 26 yanvar soat 22.00larda E.O‘.ning birga yashovchi, turmush o‘rtog‘i, uy bekasi U.O‘. uyida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan E.O‘.ning yuziga shisha idish bilan tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026