Qönğiroq çalindi. Eşikdan kirib kelgan öqituvçi bilan salom-alikdan söng bolalar öz örindiqlarini egallaşdi. Biologiya darsi boşlandi. Sobir, odatdagidek, özi uçun tuşunarsiz bölib kelayotgan bir talay terminlardan iborat darsni «tinglay» boşladi. Nogahon közi deraza ortiga –  daraxt şoxida ötirgan çumçuqqa tuşdi. «Qani edi, şu çumçuqning içiga kirib, unda keçayotgan jarayonlarni körib bölsa», – öyladi u va öqituvçining ravon nutqidan allalanib, öz odatiça, pinakka ketdi. Biologiya darsi davom etardi...                                    

Ta'limimiz göyo bir lotereya – omadingiz kelsa, bolangiz yaxşi öqituvçi qöliga tuşadi, kelmasa –  bebaho davri kuyadi.

Hozir ta'lim qay körinişda?

Lönda qilib aytadigan bölsak – bolalar sinflarga töplanadi va dars tinglaşga majburlanadi. Öqituvçi öz işining ustasi – haqiqiy pedagog bölsa: bolalarni fanga qiziqtiriş iste'dodiga ega bölsa, tabiatan psixolog bölsa, sözi bilan bolalarning xayolotini uzoqlarga olib ketolsa, bola tasavvuriga «jon» ato etolsa – bir manzara, bölmasa – boşqa. Bolangiz şunday ustaning qöliga tuşsa – omadingiz, bölmasa... afsus.

Dars jarayonida bola bir mavzuni yaxşi tuşunolmay qolsa – iş çatoq – keyingi mavzuni özlaştirişga qiynaladi, undan keyingisida – yanada qiynaladi. Natijada bolaning bu fanga qiziqişi batamom sönadi. Endi u mazkur fan uçun öquvçi emas, balki sinfxonaga şunçaki taşrif buyuruvçi – «darsga majburlangan tinglovçi».

Öquvçilarning neça foizi şunday holatga duçor bölib kelyapti, deb öylaysiz? Bu borada tadqiqot olib borilmagani aniq, ammo, busiz ham hammasi bizga ayon – köpçiligimiz öz vaqtida bunday holatga duçor bölganmiz. Ya'ni, özlaştirilmay qolgan mavzu dastidan biror fanni borib-borib örganolmay qolganmiz va... undan könglimiz sovigan. Bu dard ommaviy tus olgan. Buni «qolib ketgan mavzu» effekti deb atasa ham böladi.    

Xulosa şuki, mamlakat budjetining salmoqli qismini «yeydigan» ta'limimiz köpinça ota-onalar uçun bir lotereya bölib, jamiyat uçun esa öz-özini ovutiş vositasi bölib turibdi. Maktablarimiz bormi – bor, bolalarimiz öqiyaptimi – öqiyapti. Aslida esa oliy öquv yurtlariga kiriş uçun bolalarni asosan ta'limning xususiy şakli – repetitorlar tayyorlayapti. Yana deng, qisqa vaqt içida. Maktab-çi?

Keling, avvalo «ta'lim nima?» degan savolga javob beraylik.