Mamlakat elçixonasi va Hindistonning MD House kompaniyasi tomonidan 25 may kuni taşkil etilgan tadbirda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari iştirok etdi.

Sönggi yillarda hindistonlik yoşlarning Özbekiston universitetlarida ta’lim olişga bölgan qiziqişi ortib bormoqda. Mamlakat hayotining turli jabhalarida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, ta’lim tizimining xalqaro andozalarga uyğunligi, oliy bilim yurtlarida xorijlik yoşlar uçun yaratilgan qulay şaroitlar, xususan, ular uçun ta’lim beriş ingliz tilida olib borilayotgani va boşqa jozibador jihatlar bunga sabab bölmoqda. Özbekistonda çet davlatlardan kelgan talabalar uçun qulay yaşaş şaroiti va xavfsiz muhit yaratilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Forum doirasida Özbekiston va Hindiston universitetlari delegatsiyalari özaro hamkorlikning yangi istiqbollarini muhokama qilişi, ular örtasida anglaşuv memorandumlari imzolanişi kutilgandi.

Şuningdek, Özbekiston vakillari yoşlarning xorijda ta’lim olişini taşkil qiliş bilan şuğullanadigan yirik kompaniyalar bilan muzokaralar ötkazdi.

Sönggi yillarda oliy ta’lim davlatlararo hamkorlikning samarali yönalişlaridan biriga aylangan. Xususan, bugungi kunda Özbekiston universitetlari va institutlarida 10 mingga yaqin hindistonlik yoşlar tahsil olmoqda. Bu körsatkiç yildan yilga ösib bormoqda.