Maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi “Maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish va ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasi” loyihasini amalga oshirishni boshladi.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, loyiha maktablarda o‘quvchilarning emotsional holatini aniqlash va pozitiv psixologiya metodini o‘qitish orqali bullingni oldini olish va unga qarshilikni oshirishga qaratilgan.
Mazkur besh oylik loyihani amalga oshirishda amerikalik professor Lori Vulf ishtirok etadi. Professor Lori Vulf AQShda ijobiy psixologiya sohasi mutaxassisi, bir qator ilmiy nashrlar va professional taqdimotlar muallifi. Vulf bolalar va o‘qituvchilar o‘rtasida stressni boshqarish sohasida, shuningdek, bolalarda stress holatini aniqlashga ixtisoslashgan ekspert.
Maktabda ta'lim oladigan bolalar va o‘smirlar turli inqirozli vaziyatlarga duch kelishadi. Bu esa dadil fikrlashga va harakatlanishga ziddiyatlar olib kelishi mumkin. Loyihaning asosiy e'tibori yurtimizdagi maktab psixologlariga ruhiy tushkunlikka tushgan bolalarni aniqlash, shuningdek, o‘qituvchi va psixologlar uchun trening va mashg‘ulotlar orqali stressni yengib o‘tishiga ko‘mak berishga qaratiladi. Shu bilan birga, loyiha o‘qituvchilarga ham stress va ishdan “sovish” holatlarini oldini olishda yordam beradi.
Loyiha Toshkent shahridagi 241-, 64-, 133-, 324-umumiy o‘rta ta'lim maktablarini qamrab oladi. Ushbu maktab o‘qituvchilari hamda psixologlari bullingni oldini olish va ijobiy psixologiya metodi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallaydi.
Mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasini Xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga ham joriy etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
20:17 / 05.11.2024
Ma’rifiy faoliyat bilan ruxsatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
20:57 / 31.10.2024