Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 15 kishining hayotiga zomin bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Xitoyda 2018 yil sentyabrda mashinada odamlarni qasddan bosib ketgan 54 yoshli Yan Tszanyun qatl etildi. O‘sha fojia oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan.
Xitoy oliy xalq sudining oliy jazo hukmi 29 yanvarda ijro etilgan. “Sinxua” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qatl ijrosi kunning birinchi yarmida Xunan viloyati hududida amalga oshirilgan.
Yan Tszanyun 12 sentyabrda Xen'yan shahridagi Binszyan maydonida Land Rover yo‘ltanlamasini odamlar ustiga yo‘naltirgan. So‘ngra mashinadan chiqib, odamlarga pichoq va belkurak bilan hujum qilgan. Voqea oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, 43 kishi jarohat olgan.
Ta'kidlanishicha, jinoyatchi avval bosqinchilik, o‘t qo‘yish va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun bir necha marotaba sudlangan bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
18:37 / 30.01.2026
O‘zbekiston Xitoydan mandarin va ananas importini vaqtincha taqiqladi
18:03 / 29.01.2026