Jamiyat | 18:34 / 31.01.2019
10992
1 daqiqa o‘qiladi

Bekobodda tuman hokimligi balansidagi binoda yong‘in: 62 yoshli kishining jasadi topildi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 30 yanvar kuni O‘zbekiston MFY Chaman ko‘chasida joylashgan tuman hokimligi balansidagi hozirgi kunda foydalanilmayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Oqibatda binoning 50 kv.m maydoni yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida 62 yoshli R.B.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid