Har kuni telekanallarimiz orqali konvertlarda pora olib qölga tuşayotgan kiçik amaldorlar haqidagi lavhalarni tomoşa qilamiz. Pora şu paytgaça ham olingan, olinmoqda va kelajakda ham olinaveradi. Tarix va hozirgi zamon şunday katta hajmdagi korrupsiya mojarolariga guvoh bölganki, beixtiyor «Öğri böl – insofli böl» degan maqol esga tuşadi.
Imperator Pyotr I’ning qizidan ham pora olgan Knyaz Menşikov

Aleksandr Daniloviç Menşikov islohotçi imperator Pyotr I’ning barça davlat va harbiy işlarida asosiy yordamçisi bölgan. Eng qiziği, imperatorning özi ham «buyuk knyaz» deb uluğlanuvçi Menşikovning poraxörligini yaxşi bilardi va «öğri bölsa ham sodiq xizmatçi» deya hazillaşib qöyardi. Pyotr I öz davrida poraxörlikka qarşi turli usullarda kuraşib körgan, ammo bu kuraşlar negadir asl unvoni «buyuk knyaz» bölsa-da, xalq orasida «buyuk ta'magir» deb ataluvçi Menşikovni çetlab ötaverardi. Knyaz uruşlar paytida şaharlarni talamaslik uçun öşa şaharlar odamlaridan, talangan şaharlar uçun esa harbiy ofitserlardan pora olardi. Ayniqsa, Sankt-Peterburg şahri va Kronştadt qurilişida Menşikov xazinadan istaganiça pul oliş va sarflar töğrisida hisob bermaslik huquqini oldi hamda aql bovar qilmas boyliklarni ömardi.
Hatto Pyotrning qizi Annaning töyi munosabati bilan imperator öz qiziga 300 ming rubl töyona qilganida Menşikov bu puldan 80 mingini uzatişi şartligini, u bölmasa Anna töyonani tuşida ham körmasligini aytadi va ... bu pulni olib qoladi.
Davlat murakkab davrlarni boşdan keçirayotganda, böşayotgan xazinani töldiriş uçun Menşikov Pyotr I’ga «ajoyib» maslahat beradi. Unga köra, oltin va kumuş tangalarga sifati past metall qöşiladi. Buyoği oson, pulning qadrsizlanişi şohning emas, xalqning muammosi.
Pyotr I vafotidan söng Menşikovning hamma boyligi musodara qilinadi, özi esa surgun böladi. Musodara qilingan boyliklar hajmi dahşatli edi: 6ta şahar, 100dan ortiq qişloqlar, 36ta uyezddagi pomestelar, 90 ming dehqon. Undan taşqari, 3 sandiq qimmatbaho toşlar, 2 tonnaga yaqin oltin va bir neça million rubl xazinaga topşiriladi.
Şunda ham Menşikov 9 million rublni Amsterdam va London banklariga yaşirişga ulguradi. Ammo bu pullarning taqdiri noma'lum.














