Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov 2018 yil sentabr oyi boşlarida katta miqdordagi pora bilan qölga olingandi. Ba'zi axborot manbalarida tarqalgan xabarga köra, Abdusamatov qator amaldorlarga qarşi körsatma bermoqda.

Şuningdek, uning ustidan oçilgan jinoyat işi doirasida şu kungaça 400dan ortiq guvoh söroq qilingani iddao etiladi.

Kun.uz uşbu ma'lumotga oydinlik kiritişni sörab Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.

Uning ma'lumot berişiça, Yunusobod tumani sobiq hokimi va boşqa mansabdor şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 va boşqa moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bildirilişiça, mazkur jinoyat işi yurituvi ustidan Boş prokuratura tegişliça nazorati örnatilgan.

1976 yilda tuğilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (1996) va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini (2003) tamomlagan Baxtiyor Abdusamatov 2018 yilning sentabr oyi boşlarida katta miqdordagi pora bilan qölga olingandi.

Ma'lumotlarga köra, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etiş maqsadida 400 ming AQŞ dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida uşlangan.