Sönggi yillarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça huquqiy asoslar mustahkamlanişiga qaramay, huquqni muhofaza qiluvçi organlarda ham qonunbuzarlik holatlari uçrab turibdi.

Joriy yil oktyabr oyida Xovos tumanida boğdorçilik bilan şuğullanuvçi MÇJ dala maydonidan polietilen sellofan öğirlanişi böyiça tuman IIBga murojaat kelib tuşgan.

Şundan söng IIB Tezkor-qidiruv xizmatidagi podpolkovnik va mayor unvonidagi ikki katta tezkor xodim uşbu holatda öğirlikda gumon qilib 4 nafar fuqaroni majburiy tarzda IIBga olib kelgan. Ular fuqarolarni qamab yuboriş bilan qörqitib, işni “bosdi-bosdi” qiliş evaziga 55 mln söm talab qilgan. Keyinçalik esa “zararni qoplaş” bahonasida 24 mln söm olgani aytilmoqda.

Şuningdek, ularga nisbatan jinoyat işi qözğatmaslik, “qamoq” ehtiyot çorasini qöllamaslik va hujjatlarni ma’muriy işga aylantirib sudga yuboriş evaziga qöşimça 11 mln söm talab qilingan.

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIV Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda uşbu tezkor xodimlar tamagirlik yöli bilan 11 mln sömni olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.