Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi kanaldan erkak kishining jasadi topildi. Bosh prokuratura rasmiy ma'lumot berdi
Namangan viloyati Chortoq tumani, Uzunko‘cha MFY, Yoshlik ko‘chasida yashovchi K. 2019 yil 25 yanvar kuni tuman prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova Kun.uz’ga.
Unda o‘zi bilan birga yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan o‘g‘li D.K. 2019 yil 18 yanvar kuni soat 19:00da yashash xonadonidan noma'lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini bayon qilib, uni qidirib topishda yordam berishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish davomida quyidagilar aniqlangan.
Xususan, D.K. amakisining o‘g‘li, 1992 yilda tug‘ilgan V.K. bilan o‘zaro janjallashib kelib, o‘rtalarida shaxsiy adovat vujudga kelishi natijasida D.K. ushbu nizoni hal etish maqsadida, 2019 yil 18 yanvar kuni spirtli ichimlik iste'mol qilib, turmush o‘rtog‘i Yu.N. bilan uyida o‘zaro janjallashgan.
Bundan xabar topgan V.K. telefon orqali D.K.ni o‘zini yashash xonadoni, ya'ni Chortoq tumani, Oqterak MFY, Navbahor ko‘chasi, 23-uyiga chaqirib, o‘zi D.K. kelguniga qadar xolasining o‘g‘li T.M. temir boltani bergan.
D.K. esa uning yashash xonadoniga kelib, janjal qilishi bilan uning bosh qismiga bolta bilan qasddan urishi haqida ko‘rsatma bergan.
Shu kuni soat 21:30larda D.K. yaqin qarindoshi bo‘lgan amakisi K.X. uyiga kelib, turmush o‘rtog‘i N.Yu. va V.K. o‘rtasidagi munosabatlarni X.K. bilan muhokama qilayotgan vaqtida V.K. ham ularning o‘zaro janjaliga aralashgan vaqtida, M.T. uning orqasidan kelib, qo‘lidagi temir bolta bilan D.K.ning boshiga bir marta qasddan urgan.
D.K. muvozanatini yo‘qotgandan so‘ng X.K. boltani olib, D.K. boshiga bolta bilan 2 marta urgan.
D.K. yerga yiqilgandan so‘ng, V.K. kelib D.K.ning bosh qismiga qasddan tepgan, natijada D.K. voqea joyida vafot etgan.
Shundan so‘ng, V.K. va M.T. jinoyat izlarini yashirish maqsadida D.K.ni jasadini ko‘rpaga va polietilen tselofanga o‘rab, otasi X.K.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasining yukxonasiga yuklab, Namangan shahar, Mashad MFY hududidan oqib o‘tgan “Shimoliy Farg‘ona kanali”ga tashlab yuborishgan.
Shuningdek, jinoyatni sodir etilishida foydalanilgan temir boltani Chortoq tumani, Gulshan MFY hududidan oqib o‘tgan “Chortoq soy” arig‘i qirg‘og‘iga tashlab yuborishgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 26 yanvar kuni tuman prokuraturasi tomonidan V.K., X.K. va M.T.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida, 2019 yil 27 yanvar kuni marhum D.K.ning jasadi To‘raqo‘rg‘on tumani, Uzumzor MFY hududidan oqib o‘tgan “Shimoliy Farg‘ona kanali”dan ko‘rpa va polietilen tselofanga o‘ralgan holatda tan jarohatlari bilan topilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, X.K. va M.T. JKning 97-moddasi 2-qismi “p” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan, 2019 yil 28 yanvar kuni X.K., M.T.ga JKning 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
V.K. tergovdan yashirinib Qozog‘iston Respublikasiga marhum D.K.ning turmush o‘rtog‘i N.Yu. bilan birgalikda qochib ketganligi sababli 2019 yil 28 yanvar kuni unga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan sirtdan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida qaror qabul qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llanilgan va qidiruv e'lon qilingan.
Hozirda jinoyat ishi viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi ish yurituviga olingan.
Qayd etilishicha, jinoyat ishi bo‘yicha tergov Bosh prokuratura nazoratiga olindi.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026