Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh Venesuela va Kubaga bosimni oshirib, Rossiyani mintaqadan chiqarib yubormoqchi
Qo‘shma Shtatlar Lotin Amerikasida o‘z pozitsiyasini mustahkamlash niyatida, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan chetlatishga bo‘lgan urinishlar esa Rossiya va Xitoy ta'sirini zaiflashtirish bilan bog‘liq. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Nashr manbalari so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomonining kelgusidagi harakatlari, katta ehtimol bilan, Kubaga va mintaqadan Rossiya, Xitoy hamda Eronni siqib chiqarishga qaratiladi.
«Ma'muriyat Venesuela va Kuba o‘rtasidagi aloqalarni uzishga, shuningdek, har ikki mamlakatda rejimlarning qulashiga katta e'tibor qaratgan», - deb yozadi nashr.
Aniqlik kiritilishicha, AQShdagi ayrim amaldorlar Kubani milliy xavfsizlik uchun jiddiy tahdid sifatida ko‘rishmoqda.
Venesuelaning «Jinoiy forum» nodavlat tashkiloti rahbari Alfredo Romero xabariga ko‘ra, mamlakatdagi norozilik namoyishlari davomida qo‘lga olinganlar soni 939 kishiga yetdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Romeroning qayd etishicha, bu 21 yanvar kuni boshlangan ommaviy norozilik namoyishlarida qo‘lga olinganlarning umumiy sonidir. Uning aniqlik kiritishicha, bu shaxslarning 755 nafari hamon qamoqxonalarda qolmoqda.
Shuningdek, u Venesuelaning Yarakuy shtati sudyasi ma'lumotlarini keltirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qamoqda saqlab turilganlarning 94 nafari voyaga yetmagan shaxslardir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo Venesuela harbiylari bilan yashirin uchrashuvlar haqida ma'lum qilgani, Pompeo ularga chaqiriq bilan chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026