Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo Venesuela harbiylari bilan yashirin uchrashuvlar haqida ma'lum qildi, Pompeo ularga chaqiriq bilan chiqdi
Foto: REUTERS
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, hukumat «Ajoyib Venesuela» dasturiga 1 milliard yevro ajratadi. Uning doirasida mamlakatning 62tadan ortiq katta shaharlari sarmoyalar oladi. Bu haqida u tvitterda yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, investitsiyalar Venesuela aholi punktlarini Lotin Amerikasidagi eng «chiroyli va zamonaviy» shaharlarga aylantirishga qaratilgan.
Agar 62 shahar o‘rtasida mablag‘lar teng miqdorda taqsimlanadigan bo‘lsa, unda ularning har biri 16 million yevrodan ko‘proq pul oladi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo esa Venesuela harbiylarini prezident Nikolas Maduroning «qatag‘onlari» sharoitida mamlakat aholisiga xavfsizlikni kafolatlashga chaqirdi. Bu haqida u tvitterda yozgan.
Pompeo o‘z tvitida Maduroning «qatag‘onlari» davom etayotganini ma'lum qildi.
«Venesuelaliklar demokratiyani talab qilmoqda, biz Venesuela qurolli kuchlarini barcha venesuelaliklarni, shuningdek, AQSh va boshqa mamlakatlar fuqarolarini himoya qilishga chaqiramiz», - deya yozgan Pompeo.
Uning qayd etishicha, AQSh Venesuela aholisi tarafida turibdi.
Shuningdek, Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Venesuela harbiylari va xavfsizlik xizmatlari xodimlari bilan yashirin uchrashuvlari haqida gapirib berdi. U bu haqda The New York Times uchun yozgan «Venesuelaliklar, kuch birlikda» sarlavhali maqolasida aytgan.
Uning ta'kidlashicha, mamlakatda hokimiyatni topshirish jarayoni «asosiy harbiy kontingentlar»ning yordamisiz mumkin emas.
«Biz harbiy xizmatchilar va xavfsizlik xizmatlari xodimlari bilan yashirin uchrashuvlar o‘tkazdik», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Guaydo.
U harbiylar bilan muzokaralarning tafsilotlariga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro Putinga minnatdorchilik bildirgandi.
Mavzuga oid
15:17 / 24.12.2025
AP: Rossiya Venesueladan diplomatlar oilalarini evakuatsiya qilishni boshladi
09:19 / 23.12.2025
Tramp: AQSh Venesuela yaqinida ushlangan tankerlar va neftni o‘zlashtiradi
14:06 / 21.12.2025
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi
16:03 / 18.12.2025