Jahon | 15:06 / 31.01.2019
7368
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada Eron bilan savdoda AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish mexanizmi yaratildi

Foto: Ali Mohammadi / Bloomberg

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Yevropa kompaniyalariga Eron bilan savdoda AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi mexanizmni yaratdi. Bu haqda NRD teleradiokompaniyasi xabar bermoqda. 

Bosh qarorgohi Parijda joylashgan ushbu kompaniya INSTEX (Instrument In Support Of Trade Exchanges) deb nomlanadi.

Kompaniyaning vazifasi Tehron bilan savdoni kuchaytirish va Eron bilan hisob-kitoblar uchun to‘lov kanalini yaratishdir. 

Mazkur kompaniya Yevropa kompaniyalarini AQSh sanksiyalaridan himoya qila olmaydi, shu bois uning xizmatlaridan Amerika bozoriga kirish eshiklari yopilishidan qo‘rqmaydigan firmalargina foydalanishi mumkin, deb yozadi DW.

Ushbu mexanizm quyidagicha ishlaydi: Eron Yevropaga neft va boshqa mahsulotlarni yetkazib beradi, ammo mahsulotlar uchun to‘lov Eron banklariga emas, Eronga sanoat mahsulotlari, dori-darmonlar va oziq-ovqat yetkazib beruvchi Yevropa kompaniyalari hisobiga o‘tkaziladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid