Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 18 mln so‘m o‘g‘risi aniqlandi
2017 yil 6 oktabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi Sh.T. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, u shu yil 4 oktabr kuni noma'lum shaxs uyiga ochiq qolgan deraza orqali kirib, u yerdan 18 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Oqqo‘rg‘on tumani U.Yusupov ko‘chasida yashovchi D.Z. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026