Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela BAAga 15 tonna oltin sotishni rejalashtirmoqda – OAV
Foto: Getty Images
Venesuela markaziy banki yaqin orada BAAga 15 tonna oltin sotishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Karakasdagi yuqori lavozimli shaxsga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, BAA oltin uchun yevroda naqd pul to‘laydi. Bitim qiymati hozircha noma'lum. Karakas umumiy hisobda xorijga 29 tonna oltin sotishni rejalashtirmoqda.
Hozirda Venesuelada siyosiy inqiroz davom etmoqda. Parlament spikeri, muxolifatchi Xuan Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgan. Uni AQSh va mintaqa hamda dunyoning boshqa bir qator davlatlari qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
15:51
Dubay aeroporti yaqinida dron quladi. Aeroport endigina ochilayotgan edi
14:29
“300 ga 300”: Ukraina va Rossiya harbiy asirlar almashdi
13:01
AQSh va Venesuela diplomatik munosabatlarni tiklamoqda
20:56 / 06.03.2026