Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fohishalikka yuborilayotgan ayollar Toshkent aeroportida to‘xtatib qolindi - IIV
Foto: IIV axborot xizmati
Shu yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, Toshkent shahridagi I.Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali Turkiyaning Istanbul shahriga 2 nafar ayollarni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan jinoiy guruhning ikki a'zosi qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, jinoiy guruh a'zolari Istanbul shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko‘magida aviachiptalar sotib oladilar.
Ular Istanbulga yuborilayotgan ayollarga avvaliga 1500 AQSh dollari ishlab berish sharti bilan kelishadilar.
Daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan 1983 yilda tug‘ilgan Q.A. va 1985 yilda tug‘ilgan U.M.(ayol)ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:28 / 24.01.2026
2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025
Fransiyada Luvrni tunashda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
14:13 / 26.10.2025