Jamiyat | 15:35 / 02.02.2019
10994
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 24 bosh qo‘yni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

2019 yil 1 fevralga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonidan “Chamanzor” MFYda yashovchi P.Q.ga tegishli 24 bosh qo‘ylarni o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga qaraganda, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Mirishkor” MFY Shirin mahallasida yashovchi M.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid