Jamiyat | 15:20 / 02.02.2019
10213
1 daqiqa o‘qiladi

Yer ajratish bo‘yicha hokim qarorini chiqartirib berishni va'da qilgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Departamentning Rishton tuman bo‘limi va DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda Rishton tumani «Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi» direktori I.K. fuqaro N.K.ga tuman hokimligi zaxirasidan fermer xo‘jaligi tashkil etishi uchun 6 gektar yer ajratish to‘g‘risida tuman hokimi qarorini chiqartirib berish evaziga 4000 AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid