Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada «bahsli» 9M729 raketasini Ural tog‘lari ortiga joylashtirishni taklif etishdi
Rossiyaning 9M729 yangi raketalari Yevropagacha yetib bormasligi uchun Ural tog‘lari ortiga joylashtirilishi O‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani saqlab qoladi.
Frankfurter Allgemeine gazetasining yozishicha, bu haqda bundestag deputatlari Roderix Kizevetter va Rolf Myutsenix fikr bildirgan.
Ularning fikricha, Rossiyaga ana shunday taklif bildirilishi kerak, shu bilan birga Amerika rossiyalik mutaxassislarga Ruminiyadagi raketa bazalarini tekshirishga imkon berishi lozim.
2 fevral kuni AQSh O‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini ma'lum qildi. Moskva ham o‘z navbatida shartnomadan chiqdi.