08:40 / 03.02.2019
18590

«Yuventus»da muammolar. Jamoa yana 3ta gol o‘tkazib yubordi

«Yuventus» Italiya A Seriyasining 23-turida «Parma» bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi. Turinda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yinning 36-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. 62-daqiqada Daniele Rugani mezbonlarning ustunligini oshirdi, ammo ikki daqiqa o‘tib Antonio Barilla hisobni qisqartirdi. Yana ikki daqiqa o‘tib esa Ronaldu turinliklarni yana oldinga boshladi, ammo maydon egalari g‘alabani saqlab qola olishmadi. O‘yin oxirida «Parma» hujumchisi Jyervinoning gollari yakuniy hisobni ta'minladi. Afrikalik hujumchi hal qiluvchi golni o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda urdi.

«Yuventus» 22 turdan keyin 60 ochko bilan A Seriya turnir jadvalini boshqarishda davom etmoqda. Ammo bu turda «Sampdoriya» ustidan g‘alaba qozongan «Napoli» oradagi farqni 9taga qisqartirgan.

Qayd etish kerakki, Turin klubi qatorasiga ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti va qatorasiga ikkinchi o‘yinda 3ta gol o‘tkazib yubordi. Biroz oldinroq «Yuventus» Italiya Kubogi doirasida «Atalanta»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgandi.

Italiya chempionati
22-tur
Yuventus – Parma 3:3 
(1:0, 2:3)
Gollar: 1:0 – 36 Ronaldu, 2:0 – 62 Rugani, 2:1 – 64 Barilla, 3:1 – 66 Ronaldu, 3:2 – 74 Jyervino, 3:3 – 90 Jyervino.
Yuventus – Perin, Joau Kanselu, Rugani, Kaseres, Spinatssola, Xedira (Bentankur, 79), Pyanich, Matyuidi, Duglas Kosta (Bernardeski, 46; Jan, 86), Ronaldu, Manjukich.
Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Bastoni, Galolo, Kutska (Sprokati, 86), Skotssarella (Shtulats, 76), Barilla, Biabiani (Siligardi, 57), Ingleze, Jyervino.
Ogohlantirishlar: Barilla (26), Skotssarella (28), Jan (90).

Mavzuga oid
Top