Facebook 15 yoshga to‘ldi
4 fevralda dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook tashkil topganiga 15 yil to‘ldi. Ijtimoiy tarmoqqa 2004 yilda Mark Tsukerberg, uning Garvard universitetida o‘qishi davomida xonadoshlari bo‘lgan Eduardo Saverin, Dastin Moskovits va Kris Xyuz tomonidan asos solingan.
Dastlab sayt Thefacebook deb nomlangan, unda faqatgina Garvard talabalari ro‘yxatdan o‘ta olishgan. So‘ngra ijtimoiy tarmoqda Bostondagi universitetlar, so‘ngra esa .edu domenida elektron manzilga ega bo‘lgan AQShdagi barcha ta'lim muassasalarining talabalari ro‘yxatdan o‘ta olishgan.
Ijtimoiy tarmoq 15 yillik faoliyati davomida tobora kattalashib, boyib bordi. Kompaniya oxirgi yillarda bir qator kompaniyalar, jumladan Instagram va WhatsApp’ni sotib olgan.
2018 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, Facebook’da 35587 kishi ishlagan. Dekabr oyi davomida ijtimoiy tarmoqqa kuniga o‘rtacha 1,52 mlrd foydalanuvchi tashrif buyurgan, oylik o‘rtacha tashrif 2,32 mlrd kishini tashkil qilgan. Kompaniyaning 2018 yildagi tushumi 55 mlrd dollarni tashkil qilib, 2017 yilga nisbatan 38 foizga oshgan, sof daromadi esa 22,1 mlrd dollarga yetgan.
Tsukerberg dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinlardan birini egallaydi, 1 fevral holatiga ko‘ra, uning boyligi 66 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilgan.
Sanab o‘tilgan muvaffaqiyatlarga qaramay, 2018 yil kompaniya uchun murakkab kechdi. Kompaniya foydalanuvchilar ma'lumotlari sizib chiqib ketishi bilan bog‘liq bir necha mojarolar markazida qolgan. Bu sohadagi bir necha qoidabuzarliklar ijtimoiy tarmoq nufuziga nafaqat putur yetkazgan, balki Yevropa Ittifoqida unga yangi jarimalar solinishi bilan xavf solmoqda. Bu vaziyat esa kompaniya xodimlariga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmagan: hozirda ular kompaniyaning kelgusi taqdiriga uncha ishonqiramay qarashmoqda.
O‘tgan yilk Tsukerberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bosib o‘tilgan yo‘l haqidagi fikrlari bilan bo‘lishgan:
“Bu yillar davomida men tasavvur qilish mumkin bo‘lgan xatolarning deyarli barchasiga yo‘l qo‘ydim. O‘nlab texnik xatolar va yomon shartnomalar bo‘ldi. Men nomunosib odamlarga ishonch bildirdim, iste'dodli odamlarni noto‘g‘ri o‘rinlarga qo‘ydim va muhim trendlarni boy berdim”, deb yozgan tadbirkor.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024