Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp gazetalar o‘qish, TV va qo‘ng‘iroqlarga ish vaqtining 300 soatini sarflagan
Foto: Mandel Ngan/AFP via Getty Images
AQSh prezidenti Donald Trampning 2018 yil noyabrda oyida bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlardan keyingi uch oy davomidagi ish jadvali Axios internet nashri tomonidan e'lon qilindi.
Noyabr oyining boshidan beri Tramp soat 8 dan 11 gacha aniq tuzilmagan jadvalda 297 soat vaqtini o‘tkazgan. Bu Trampning uch oy uchun ish vaqtining taxminan 60%ini tashkil etadi.
«Ijro vaqti» nomli ustunga muntazam ravishda bir necha soat ajratilgan. Rejaga ko‘ra, Tramp bu vaqt oralig‘ida Oval kabinetda bo‘lishi kerak edi. Biroq, nashrning olti manbasi so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti bu soatlar davomida Oval kabinetda o‘tirmagan. Tramp odatda ertalab soat oltidan avval uyg‘onadi.
Buning o‘rniga, Amerika yetakchisi tonggi vaqtni o‘z qarorgohida o‘tkazib, televizor tomosha qiladi, gazetalar o‘qiydi va yordamchilarga, kongress a'zolariga, do‘stlariga, ma'muriyatdagi mansabdor shaxslarga hamda maslahatchilariga yangiliklarni muhokama etish uchun qo‘ng‘iroq qiladi.
Shu vaqtdan so‘ng, Trampning eng birinchi uchrashuvlaridan biri - Oq uy apparati rahbari bilan 30 daqiqalik uchrashuv yoki razvedka uchun brifing. Odatda bu ertalabki 11 yoki 11:30da boshlanadi, deyiladi materialda.
Mavzuga oid
10:41
Venesuela neft sohasini xususiy investorlar uchun ochdi
08:46
AQSh Kubaga neft yetkazib beruvchi davlatlarga qarshi boj joriy etmoqda
23:08 / 29.01.2026
Tramp Putinning Ukrainaga zarbalarni bir haftaga to‘xtatishga roziligini aytdi
20:27 / 29.01.2026