Jahon | 10:40 / 04.02.2019
6082
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Meksika bilan chegaraga 3,7 ming harbiy jo‘natilishini xabar qildi

Foto: Rodrigo Abd / AP

Pentagon AQShning Meksika bilan chegarasiga 3750 nafar harbiy xizmatchini yuboradi, deb xabar qilmoqda Reuters Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligi bayonotiga asosan. Harbiylar chegarachilarga qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatib, mamlakat janubiy-g‘arbiy chegarasida uch oy bo‘ladi. Pentagondan qayd etishlaricha, ushbu hududdagi Amerika-Meksika chegarasida bo‘lib turgan kuch tuzilmalari xodimlarining umumiy soni o‘zgarishdan keyin 4350 kishi bo‘ladi.

AQSh va Meksika chegarasiga harbiy xizmatchilar yuborilishi haqida 2018 yil oktabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qilgandi. U yerda qancha zarur bo‘lsa, shuncha harbiy joylashtiriladi, deya qayd etib o‘tgan Amerika yetakchisi. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, chegaraga 5,2 ming askar kelgan.

Noyabr oyida Tramp Meksika bilan chegarani qisman yopish va harbiylarga AQShga noqonuniy kirishga uringan migrantlarga qarata o‘t ochishga ruxsat beruvchi farmonni imzolashi haqida gapirgandi. Biroq, Military Times ma'lumotlariga ko‘ra, bu direktiva Tramp tomonidan emas, balki o‘shanda Oq uy apparati rahbari bo‘lib ishlagan Jon Kelli tomonidan imzolangan.

Mavzuga oid