Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Buyuk Britaniya Venesuelaga qarshi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Buyuk Britaniya hukumati Venesuelaga qarshi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning rasmiy vakili ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Meyning vakili "Maduro rejimi barham topishi shart, hukumat turli variantlarni, jumladan sanksiyalarni ko‘rib chiqmoqda", degan.
Dushanba kuni Portugaliya, Fransiya, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Niderlandiya, Germaniya va Daniya Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb tan oldi.
Guaydo 23 yanvar kuni o‘zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
08:28 / 02.07.2026