Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senati Suriya va Afg‘onistondan qo‘shinlarning shoshilinch olib chiqilishiga qarshi chiqdi
4 yanvarda AQSh senati joriy haftada ko‘rib chiqiladigan, tashqi siyosat haqidagi qonun loyihasiga tuzatishlar kiritish uchun ovoz berdi. Mitch Makkonnell tomonidan taklif etilgan ushbu tuzatma AQSh prezidentini Suriya va Afg‘onistondan qo‘shinlarni “shoshilinch” olib chiqishdan ogohlantiradi.
Tuzatma uchun 70 senator ovoz bergan, 26 nafari qarshi chiqqan. Makkonnell ovoz berish oldidan AQShning Suriya va Afg‘onistondagi missiyasi muhimligini ta'kidlab o‘tgan. Uning aytishicha, gap Amerika xavfsizligi va manfaati haqida bormoqda, ba'zi holatlar nafaqat siyosiy vositalarni qo‘llashni, balki AQShning bevosita ishtirokini talab qiladi.
Ushbu tuzatma Tramp ma'muriyatini qo‘shinlarni olib chiqishdan oldin “Al-Qoida” va IShIDni yakson qilish uchun ma'lum shartlar bajarilganiga ishonch hosil qilishga chaqiradi.
Dekabr oxirida Donald Tramp Suriyadan qo‘shinlar olib chiqilishini e'lon qilgandi. Trampning fikricha, harbiylar oldiga qo‘yilgan IShIDni yo‘q qilish vazifasi bajarilgan.
O‘tgan hafta Tramp Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqilishi shartini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, qo‘shinlar Afg‘onistonda tinchlik sulhiga erishilsagina olib chiqiladi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026