Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron raketalar bo‘yicha «asossiz» bayonotni rad etdi
Eron Tashqi ishlar vazirligining fikricha, Yevroittifoq (YeI) eronlik harbiylar o‘z raketalari aniqligi va masofasini yaxshilash niyatida ekani haqidagi bayonotni hech qanday dalil-isbotlar bilan mustahkamlamagan. Bu haqda Reuters idora bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Avvalroq, Yevroittifoq kengashi Eron bo‘yicha bayonotda Tehronni raketalar sinovidan voz kechish, shuningdek, ularning xususiyatlarini yaxshilashga urinmaslikka chaqirgandi.
Eron TIVdan ma'lum qilishlaricha, bu «asossiz va bo‘sh» ayblovlar Yevropada «taniqli terrorchilar va jinoiy guruhlar ozod ekani» sababli «noto‘g‘ri» hisoblanadi. Shu munosabat bilan TIV ushbu bayonotlar Eronning Yevropa bilan munosabatlarini buzmoqchi bo‘lgan «dushmanlar» tomonidan berilgan, degan xulosaga keldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp nega Iroqda qo‘shinlar qoldirilishini aytgandi.